BOLALAR STOMATOLOGIYASI FAKULTETI VA XALQ TABOBATI YO’NALISHI TALABALARI UCHUN MUSTAQIL ISH MAVZULARI: (TMIni bajarish usullari va talablari mavzulardan so’ng berilgan)

№1. Kompyuterda masala yechishning asosiy bosqichlari. Algoritmlash va tibbiyotda masalalarni yechishda ob’ektga qaratilgan dasturlash tillari. Berilgan tibbiy biologik masalalarni yechishga qaratilgan dasturlash.
№2. Ish yuritish va hisobot hujjatlarini yaratish. Ms Word matn protsessorida turli xil blankalar yaratish (ariza, kasallik kartasi, analizlar blankasi va h.k.). Ms Word matn protsessorida murakkab formulali matnlarni yozish, grafik ob’ektlar yaratish.
№3. Excel dasturida turli hisobotlar tayyorlash. Excel dasturida guruh talabalarining fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi, sifat ko‘rsatkichlarini hisoblash va jadval tuzish, natijalar asosida digrammalar yaratish.
№4. Tibbiyotda modellashtirish uslublarini o‘rganish. Fizik va matematik modellashtirish, olingan natijalar asosida prognoz qilish. Stomatologiyada kompyuter modellashtiruvi zamonaviy modellashtirish turi sifatida. Kompyuter grafik dasturlarining stomatologiyada qo‘llanishi.
№5. Taqdimot dasturlari bilan ishlash. Taqdimot tayyorlash usullari va ularga qo‘yiladigan talablar (Ms Power Point va Prezi dasturlari misolida). Elektron darslik tayyorlash tamoyillarini yoritish. Ispring va CoursLab dasturlarida elektron darslik yaratish.
№6. Vektor va rastor grafik tasvirlar bilan ishlash. “Adobe Photoshop”, “Inkscape”, “GIMP”, “Krita”, “Pixer”, “Corel Draw”, “Macromedia Flash 8 Professional” dasturidan birida hujjat yaratish, animatsiya o‘rnatish asoslari.
№7. Web saytlar yaratishga yo‘naltirilgan dasturiy ta’minotlar. HTMLda web-sahifa yaratish. Web-sahifalarga har xil effektlarni qo‘yish va sahifalarni bir-biri bilan bog‘lash.
№8. Telekommunikatsion tizimlar. Elektron hujjat almashinuvi. Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash. Axborot havfsizligi. Viruslar va antiviruslar. Kompyuter tarmoqlari havfsizligi. Tibbiy axborot tizimlari. Elektron kasallik tarixini yuritishni qo‘llash. Ambulator va statsionar tibbiyot muassasasi elektron tizimi. “Elektron poliklinika” axborot xizmatidan foydalanish (registrator, kadr, vrach, laboratoriya).

TMIni bajarish usullari:

1-usul. Tanlangan mavzuni o‘quv adabiyotlar yordamida mustaqil o‘zlashtirib, shu mavzu bo’yicha olingan bilimlar asosida ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tayyorlash (4-5 bet)
2-usul. Tanlangan mavzu asosida sodda elektron darslik yaratish.
3-usul. Tanlangan mavzu bo’yicha  amaliyotda qo‘llash uchun ko’rgazmali tarqatma materiallar, krossvord yoki boshqa turdagi qo’shimcha materiallar tayyorlash.
4-usul. Tanlangan mavzu bo’yicha vaziyatli masalalar yoki nazorat savollari va testlar tuzish va yechimlari bilan taqdim etish.
5-usul. Tanlangan mavzu asosida taqdimot yoki videorolik tayyorlash.

ESLATMA: Talaba yuqoridagi 8 ta mavzu bo’yicha mustaqil ishni 5 xil usullarda bajarib, elektron ko’rinishda quyidagi google-forma orqali topshirishi kerak  GOOGLE-FORMA